BusnexBusnex
SohalarShablonlarKatalogNarxlarIlovaBiz haqimizda
KirishBepul boshlash

Yordam markazi

Tez-tez beriladigan savollarga javoblar. Topolmasangiz — bizga yozing.

Boshlash

Qanday ro'yxatdan o'tiladi?

«Bepul boshlash» tugmasini bosing, email va parol kiriting yoki Google/Telegram orqali kiring. Keyin sohangizni, sayt ko'rinishini va tarifni tanlaysiz.

Bir nechta biznes ochsam bo'ladimi?

Ha, tarifingiz ruxsat bergan miqdorda. Har bir biznes alohida ish maydoni, ma'lumot va saytga ega.

Parolni unutdim.

Kirish sahifasida «Parolni unutdingizmi?» ni bosing: emailingizga tiklash havolasi yuboriladi.

Telegram bot

Botni qanday ulayman?

Telegramda @BotFather orqali bot yarating, tokenni nusxalang va «Telegram» bo'limiga joylang. Webhook, buyruqlar, tavsif va menyu tugmasi avtomatik sozlanadi.

Sayt ham ochilib ketadimi?

Ha, tarifingizda sayt imkoniyati bo'lsa, bot ulanganda sayt ham avtomatik yoqiladi.

Bot ishlamasa nima qilay?

«Telegram» sahifasida «Qayta ulash» tugmasini bosing. Tokenni boshqa joyda yangilagan bo'lsangiz ham shu yordam beradi.

To'lov va obuna

Qanday to'layman?

Hisob-fakturadagi karta rekvizitlariga aynan ko'rsatilgan summani o'tkazasiz. To'lov tasdiqlangach obuna avtomatik faollashadi.

Obuna tugasa nima bo'ladi?

Ma'lumotlaringiz o'chmaydi. Yangi yozuv qo'shish to'xtaydi, ko'rish ochiq qoladi; to'lovdan so'ng hammasi davom etadi.

Tarifni o'zgartirsam ma'lumotlar yo'qoladimi?

Yo'q. Tarif o'zgarganda faqat imkoniyatlar va limitlar o'zgaradi, ma'lumotlar saqlanadi.

Sayt dizayni

Dizayn uchun oylik to'lovmi?

Yo'q, dizayn darajasi bir marta sotib olinadi. Toza va Yumshoq uslublar bepul.

Premium shablonni tanlasam, nima bo'ladi?

Biznesni darhol ochishingiz mumkin; sayt avval «Toza» uslubida turadi. Kerakli dizayn darajasi sotib olingach tanlangan shablon o'zi yoqiladi.

Rasm va logotipni qayerda almashtiraman?

Ish maydonida «Aloqa → Sayt dizayni» bo'limida (logotip, muqova va galereya dizayn darajasiga qarab ochiladi).

BusnexBusnex

Har qanday biznes uchun tayyor, professional boshqaruv tizimi.

Mahsulot

  • Sohalar
  • Shablonlar
  • Katalog
  • Ilovani yuklab olish
  • Narxlar
  • Xususiyatlar

Kompaniya

  • Biz haqimizda
  • Aloqa
  • Yordam markazi
  • Qo'llanma

Huquqiy

  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati

© 2026 Busnex. Barcha huquqlar himoyalangan.

🇺🇿 O'zbekiston